Qandolat fabrikalari va do‘konlari uchun

Qandolat fabrikalari va do‘konlari uchun boshqaruv tizimi

Ombor, ishlab chiqarish, mijozlar va qarzlar, davomat va ish haqi, moliya — hammasi bitta tizimda. Kompyuterda ham, telefonda ham.

  • O‘rnatish shart emas
  • Telefon va planshetda
  • O‘zbek tilida

Muammo

Daftar, Excel va xotira bilan ishlash charchatadi

Qoldiq mos kelmaydi

Xomashyo qancha qolganini bilmaysiz, zames o‘rtasida yetmay qoladi.

Kim qancha qarz

Qarzlar daftarda, to‘lovlar esdan chiqadi, mijoz bilan hisob-kitob bahsga aylanadi.

Foyda noma’lum

Sotuv ko‘p, lekin tannarx va xarajatdan keyin haqiqiy foyda qancha, aniq emas.

QandMaster shularning hammasini bitta tizimda hal qiladi.

Imkoniyatlar

Fabrikangiz uchun kerak hamma narsa

Har bir bo‘limni o‘zingizga kerak bo‘lganini yoqasiz. Keraksizi ko‘rinmaydi.

Ombor va qadoqlar

Xomashyo va tayyor mahsulot qoldig‘i aniq. Qop, bochka, quti bilan qabul qilasiz, tizim o‘zi kilogrammga aylantiradi va o‘rtacha tannarxni hisoblaydi.

Ishlab chiqarish va retseptlar

Retsept bo‘yicha kerakli xomashyo hisoblanadi, yetmasa ogohlantiradi. Kunlik zamesni bir oynada kiritasiz, tannarx avtomatik chiqadi.

Mijozlar va qarz

Har mijozga alohida narx, sotuv va to‘lovlar. Qarz eng eski sotuvdan yopiladi, hisob-kitob dalolatnomasini chop etasiz.

Davomat va ish haqi

Xodimlar kelishi bir bosishda belgilanadi. Oylik ish haqi, avans va ushlanmalar hisoblanadi, tasdiqlangandan keyin o‘zgarmaydi.

Moliya

Kirim va chiqim, pul qoldig‘i naqd, bank va karta bo‘yicha. Qarzlaringiz va mijozlar qarzi bir sahifada ko‘rinadi.

Foyda va zarar

Sotuvdan haqiqiy foyda: tushum minus sotilgan tovar tannarxi minus xarajatlar. Mahsulot bo‘yicha foyda ham ko‘rinadi.

Excel import va eksport

Mahsulot, mijoz, yetkazuvchi va xodimlarni fayldan yuklaysiz. Hisobotlar Excel (.xlsx), CSV va PDF ko‘rinishida.

Rollar va xavfsizlik

Menejer, sotuvchi, omborchi, hisobchi rollari. Har bir o‘zgarish jurnalga yoziladi, ma’lumotlar kompaniyalar o‘rtasida ajratilgan.

Qanday ishlaydi

Uch qadamda ishga tushasiz

  1. 1

    Bog‘lanasiz

    Telegramda yozasiz yoki qo‘ng‘iroq qilasiz, biznesingizni aytasiz.

  2. 2

    Sozlab beramiz

    Akkauntingizni ochamiz, kerakli bo‘limlarni yoqamiz, ma’lumotlarni fayldan yuklashga yordam beramiz.

  3. 3

    Ishlaysiz

    Birinchi sotuvni kiritasiz, qolganini tizim hisoblaydi.

Mobil ilova

Telefondan boshqaring

Do‘konda ham, omborda ham, yo‘lda ham: sotuv, ombor, davomat va moliya cho‘ntagingizda.

Android ilova

Alohida ilova, katta tugmalar va tungi rejim bilan. O‘rnatish faylini so‘rasangiz yuboramiz.

Brauzerdagi telefon versiya

Hech narsa o‘rnatmasdan, telefon brauzerida ochiladi. Kompyuterdagi bilan bir xil ma’lumot.

Narxlar

Oddiy va ochiq narxlar

To‘lov oylik. 12 oyga birdaniga to‘lasangiz — 2 oy bepul. Sozlab berish va ma’lumotlarni ko‘chirish bepul.

Do‘kon

Do‘kon va kichik sotuv nuqtalari uchun

249 000 so‘m oyiga

  • Mahsulotlar va ombor, qadoqlar
  • Mijozlar, qarz va to‘lovlar (FIFO)
  • Sotuv, chek va dalolatnoma
  • Moliya va hisobotlar
  • Excel’dan yuklash
  • Android ilova va telefon versiya
Bog‘lanish

Fabrika

Qandolat fabrikalari va ishlab chiqarish uchun

499 000 so‘m oyiga

  • Do‘kon tarifidagi hamma narsa
  • Retseptlar, buyurtmalar va kunlik zames
  • Xomashyo ombori, yetkazuvchilar, xaridlar
  • Xodimlar, davomat, ish haqi va avans
  • Foyda va zarar hisoboti
  • Foydalanuvchilar va rollar
Bog‘lanish

Savollar

Ko‘p so‘raladigan savollar

QandMaster nima?

Qandolat fabrikalari va do‘konlari uchun boshqaruv tizimi: ombor, ishlab chiqarish, mijozlar va qarzlar, davomat va ish haqi, moliya va hisobotlar bitta joyda. Kompyuterda brauzer orqali, telefonda ilova yoki brauzer orqali ishlaydi.

Ishga tushirish qancha vaqt oladi?

Siz bilan bog‘langanimizdan keyin akkauntingizni ochamiz va kerakli bo‘limlarni yoqamiz. Mahsulot, mijoz, yetkazuvchi va xodimlar ro‘yxatini Excel yoki CSV fayldan bir marta yuklab, boshlang‘ich qoldiq va qarzlarni kiritasiz.

Ma’lumotlarim xavfsizmi?

Har bir kompaniya alohida login va parol bilan kiradi, ma’lumotlar kompaniyalar o‘rtasida to‘liq ajratilgan. Parollar xavfsiz xeshlangan holda saqlanadi, tizim har kuni zaxira nusxa oladi. Har bir muhim o‘zgarish amallar jurnaliga yoziladi.

Telefon ilovasi bormi?

Ha. Android uchun ilova va har qanday telefon brauzerida ochiladigan versiya bor. Ikkalasida ham sotuv, ombor, mijozlar, davomat, ish haqi va moliya mavjud.

Excel’dagi ma’lumotlarimni o‘tkazish mumkinmi?

Mumkin. Mahsulotlar, yetkazuvchilar, mijozlar va xodimlarni Excel (.xlsx) yoki CSV fayldan yuklash mumkin. Yuklashdan oldin tizim nimalar qo‘shilishini ko‘rsatadi, xato qatorlarni belgilaydi. Hisobotlarni ham Excel’ga yuklab olasiz.

Narx va to‘lov qanday?

To‘lov oylik: Do‘kon tarifi oyiga 249 000 so‘m, Fabrika tarifi oyiga 499 000 so‘m. 12 oyga birdaniga to‘lasangiz, 2 oy bepul. Tizimni sozlab berish va Excel’dagi ma’lumotlarni ko‘chirish bepul.

Yordam va o‘rgatish bormi?

Ha. Boshlashda tizimni sozlashga yordam beramiz, savollaringizga Telegram orqali javob beramiz.

Aloqa

Bog‘laning, sinab ko‘ring

Biznesingizni ayting, tizimni ko‘rsatamiz va akkaunt ochamiz.